BUGUNGI OB-HAVODA YO‘L SIFATI VA GAZ TAʼMINOTI ALOHIDA NAZORATDA

Qishning ziynati qor o‘zi bilan baraka olib kelishi barchaga maʼlum. Qorning tabiat uchun, qolaversa, qishloq xo‘jaligi, turli kasalliklarni oldini olish va boshqa ko‘plab jarayonlarga ulkan foydasi bor. 

Biroq, yog‘ayotgan qor, sovuqlarda muzlagan yo‘laklar bir qator muammolar yuzaga keltirishi ham bor gap.

Bugun tuman hokimi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida yo‘llarning muzlab qolishini oldini olish maqsadida tashkil qilingan qum-muz aralashmasi zaxirasi va maxsus texnika vositalarini mavsumga shayligini ko‘zdan kechirdi.

Shu kabi, Safir savdo MCHJga qarashli suyultirilgan gaz ballonlarni to‘ldirish shahobchasida bugungi sinovli kunda aholiga yana-da sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, birinchi sektor hududidagi 40-umumtaʼlim maktabiga olib kiruvchi yo‘laklar kuralganligi, issiqlik tizimi o‘rganilib, maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashildi.

Hududlarda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM