“INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI VA YOSHLAR YETAKCHILARI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati Narpay tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib xodimlar va murojaat qilib keladigan fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit hamda bu yerdagi ish faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, markaz rahbari hamda xodimlari bilan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan suhbatlashdi. 

Fuqarolar ehtiyojidan kelib chiqqan holda ularga yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini joyida o‘rganish orqali, ortiqcha ovoragarchilikni oldini olish tizimini yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi yoshlar ishlari agentligi binosida tanlama usulida mahallalardagi bir qator yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv davomida, ularning ish faoliyatiga doir oldiga qo‘ygan maqsadlari, yoshlar bilan ishlash va ularni yuksaltirish borasidagi ustuvor vazifalari, kelgusidagi maqsadlari, yutuq va kamchiliklari muhokama etildi.

Shu qatorda, yoshlar yetakchilarining ish samaradorligi nisbatan pasayganlariga belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rish, yaxshi natijalarga erishayotganlarini bo‘lsa, rag‘batlantirish hamda ularga yangi lavozimlar tavsiya qilish bo‘yicha fikr bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM