HARBIYLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Tumanimizdagi 62-umumtaʼlim maktabida Kattaqo‘rg‘on gornizoni harbiy avtomobil nazorati boshlig‘i, harbiy qism komandirining o‘rinbosari va Narpay tuman mudofaa bo‘limi boshlig‘i hamkorligida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va har bir insonning o‘z yurti oldidagi burchlari to‘g‘rsida so‘z yuritildi.

Shuningdek, harbiy sohaga tegishli bo‘lgan savollarga ham masʼullar tomonidan to‘liq tushuncha hamda javoblar berildi.

Shu qatorda, Oliy harbiy bilim yurtlari va ularda o‘qish niyatida bo‘lgan yosh avlod vakillari qayerga, qaysi tartibda murojaat qilishlari lozimligi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM