AHOLI MUAMMOLARI RAHBARLAR EʼTIBORIDA

Fuqarolar muammolarini o‘rganish, masalalarini yechishda ularga ko‘maklashish maqsadida Xalq qabulxonasida qabul bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi xalq qabulxonasi mudiri, sektor masʼullari va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan qabulda elektr energiyasi, gaz ballon, moddiy yordam, uy joy masalasi kabi 40 ga yaqin turli mavzudagi masalalar ilgari surildi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM