BIRDAM VA HAMJIHAT ELIMGA HASHAR YARASHAR!

Tumanimiz bo‘ylab keng miqyosdagi hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha hashar ishlari tashkil qilindi.

Bunda, asosiy yo‘l yoqalarida, mahallalar bo‘ylab xonadonlarda, tashkilot va korxonalarda, tadbirkorlik subyektlarida obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ichki suv tarmoqlarini betonlashtirish va qazish, yer maydonlari tartibga keltirib ekin uchun tayyorlash ishlari ham avj pallada davom etyapti.

Barcha fuqarolar, tadbirkorlar, davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari o‘ziga tegishli hududlarda, ishxonasida, mahallasida, ko‘chasida, xonadoni oldida hasharlar tashkil qilib, obodonlashtirish, gulzorlashtirish va daraxt ko‘chatlari ekish uchun yer maydonlarini tayyorlash ishlarini olib borishmoqda.

Shu bois, tumanimiz ahlidan mazkur hashar ishlariga befarq bo‘lmasdan ko‘tarinki ruhdagi hamda keng miqyosdagi obodonlashtirish, tozalash, tartibga keltirish ishlarini hashar yo‘li orqali amalga oshirishni tashkil qilishingizni so‘raymiz.

Zero, ozodalik bor joyda baraka, tartib bor yerda rivojlanish, birdamligi bo‘lgan xalqda esa kuch-qudrat bo‘ladi.

Barchamiz birlashib o‘z hududlarimizni ko‘rkam, obod, so‘lim va ko‘zni quvnatadigan maskanlarga aylantiraylik!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM