DEDAN VA NO‘G‘AYLIKLAR BIR BO‘LIB ASOSIY YO‘LNI OBOD QILADI

Tuman hokimi Dedan va No‘g‘ay mahallalarida tegishli masʼullar hamkorligida asosiy yo‘l yoqasida keng miqyosdagi obodonlashtirish va ommaviy hashar ishlarini tashkil qilish, ekin maydonlarini tartibga keltirish va mahalladagi boshqa masalalar bo‘yicha olib borilishi mo‘ljallanayotgan rejalar xususida o‘rganish olib bordi.

Bunda, dastlab mahalla yettiliklari bilan birgalikda M37 yo‘li yoqasida yashovchi xonadon sohiblari, tadbirkorlik subyektlari va yer egalari bilan uchrashib, yo‘l yoqasini gulzorlashtirish, obodonlashtirish, binolar tashqi qismini tartibga keltirish, yashil makon umummilliy loyihasi asosida turli ko‘chatlar o‘tqazish borasida keng miqyosdagi ishlarni boshlash lozimligi taʼkidlandi.

Shundan so‘ng, 60 ga yaqin 20 sotixli dehqon xo‘jaligi yer egalari bilan uchrashib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar, bir kontur, bir mahsulot tamoyili asosida ish olib borish xususida kelishib olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM