ASOSIY YO‘L YOQALARINI OBODONLASHTIRISH BO`YICHA ISHLAR BELGILAB OLINDI

Tuman hokimi o‘rinbosarlar, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida M37 yo‘li bo‘ylab tadbirkorlik subyektlari, aholi yashash xonadonlari, dala chetlari hamda yo‘l yoqalarini obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar davomida, mahallalar hududini obodonlashtirish, yashil makon umummilliy loyihasi uchun joylarni tayyorlash, aholi xonadonlarining tashqi qismini tartibga keltirish, gulzorlashtirish kabi yana bir qator masalalar bo‘yicha har bir mahallada amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bunda, fermer xo‘jaliklari yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar xususan, ichki suv tarmoqlarini tozalash, qazish va betonlashtirish, ekin maydonlari atrofini tartibga keltirish borasida bajarilgan ishlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Barcha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ularning ijrosini taʼminlash bo‘yicha aniq muddatlar belgilab berildi.

Shu o‘rinda asosiy yo‘l yoqalaridagi barcha xonadonlar egalarini, tadbirkorlarni va dala maydonlari rahbarlarini ushbu bo‘lib o‘tayotgan keng qamrovdagi obodonlashtirish ishlarida faol bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

Zero, o‘z hududimizni obod qilish, ozoda saqlash har birimizning burchimiz sanaladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM