BIR HUDUD - BIR MAHSULOT!

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratilgan maydonlarda “Bir hudud-bir mahsulot” va kooperatsiya tamoyillari asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni oqilona joylashtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tegishli tashkilot vakillari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, kelgusida tumanda eksport hajmini oshirish, bu borada eksportbop ekinlarni yetishtirish masalalari xususida so‘z yuritildi.

Shu qatorda, yerga qadalgan urug‘lar hamda nihollarni kasallik va zararkunandalardan maksimal darajada himoya qilish, ayniqsa bunda biologik preparatlarning ahamiyati bo‘yicha ham tushunchalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM