HAR BIR MAHALLA TO‘LIQ O‘RGANILMOQDA

Bugun birinchi sektor rahbari hamda sektor shtabi aʼzolari bilan birgalikda Iymon mahallasida barcha sohalar bo‘yicha o‘rganish olib bordi. Jumladan:

- mahalla xodimlarining joriy yildagi aniq maqsadlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

- binoni isitish tizimi va boshqa masalalar xususida aniq maqsadlar kelishib olindi;

- mahalla hududidagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati, holati va issiqlik tizimi to‘liq o‘rganildi;

- sektor shtabi aʼzolari tomonidan 60 ga yaqin xonadonlarga birma-bir kirilib 30 ga yaqin muammolar aniqlandi va bu borada tegishli masʼullarga ko‘rsatmalar berildi;

-mahalladagi qabristonlar hamda hududlarni to‘liq obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida olib boriladigan ishlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rildi;

-50 ga yaqin 20 sotixli dehqon xo‘jaligi yer egalari bilan uchrashib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar kelishib olindi;

-mazkur mahalladagi Yangirabod qishlog‘ida keng qamrovdagi obodonlashtirish, xonadonlarning tashqi qismini taʼmirlash, ariqlarni betonlashtirish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, bir so‘z bilan aytganda so‘lim, ko‘rkam va obod maskanga aylantirish ishlari olib boriladigan bo‘ldi. Bu bo‘yicha mahalla yettiligi va tegishli masʼullar bilan aniq maqsadlar kelishib olindi.

Bu kabi o‘rganishlar maxsus tasdiqlangan reja asosida boshqa mahallalarda ham davom etadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM