SUV - TEKIN EMAS. UNI QADRLAYLIK!

Suv - obi hayot! Uni asrash va tejamkorlik bilan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq albatta.

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida suv tanqisligi muammosi paydo bo‘lib ulgurgan. Olimlar yaqin kelajak ichida bu muammo O‘rta Osiyo mamlakatlarini ham chetlab o‘tmasligini taʼkidlashyapti. Shu bois, yurtimizda suvni tejash choralarini ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli ishlar boshlab yuborilgan.

Bu borada Narpay tumanida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tyapti.

Xususan, tumanimizdan kesib o‘tgan Narpay kanalini taʼmirlash, betonlashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Bunda kanal atrofi obodonlashtirilib, tozalanib, betonlashtirish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, 152 kilometr masofadagi ichki suv tarmoqlariga beton qoplamasi yotqizildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM