EKOLOGIYANI TOZA SAQLAYLIK!

Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududlarda muntazam ravishda kuzatuv reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan joriy yil boshidan buyon Yangiariq, Dedan, Xalqobod, Barkamol va Ravot olchin  mahallalari hududidagi noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilgan.

Shuningdek, Haqiqat, Olti o‘g‘il, Totkent kabi yana bir qator mahallalar hududida 29 ta belgilanmagan joylarga chiqindi tashlangan holatlari aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, 18 million 700 ming so‘m miqdordagi jarimalar belgilangan.

Hurmatli fuqarolar, belgilanmagan joylarga chiqindi to‘planishi turli kasallik qo‘zg‘atuvchilari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Barchangizdan bu kabi holatlarni oldini olishda faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Zero, atrof-muhitni toza saqlash barchamizning burchimizdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM