PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI

Bugun tumanimizda mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlarni bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati bo‘yicha press-tur bo‘lib o‘tdi.

Press-turda bir qator jurnalistlar va blogerlar ishtirok etib, tumanimizda ayollarga qaratilgan eʼtibor, yaratilgan qulayliklar va berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, hududlardagi tikuvchilik, qandolatchilik sexlari, fitnes klublar kabi yana bir qator dargohlarda davom etayotgan ish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tumanimizda bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM