SANʼAT VA MADANIYAT – MILLIY TARAQQIYOTIMIZ KO‘ZGUSI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Murodjon Majidov tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, u tuman hokimi va tegishli masʼullar hamrohligida, 37-son madaniyat markazida tuman hokimligi va homiylar tashabbusi bilan olib borilayotgan qayta zamonaviy taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, tuman hokimi vazir o‘rinbosarini Islom Shoir nazar o‘g‘lining sharafiga barpo etilayotgan xiyobon qurilish jarayoni, loyihalari va joriy yilda u kishining 150 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil qilinishi rejalashtirilgan tantanalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirdi.

Keyingi manzil esa, tuman madaniyat bo‘limining bosh binosi bo‘ldi. Bu yerdagi binolar holati va xodimlar faoliyatiga nazar solindi.

Respublikadan kelgan masʼul hamda tuman hokimi mazkur bino holatidan kelib chiqib uning o‘rnida yangi, zamonaviy va ko‘rkam madaniyat markazi barpo etish xususida kelishib oldi.

Tashrif so‘ngida, respublika va tumanimiz masʼullari 13-27-son bolalar musiqa va sanʼat maktablarida bo‘lib, mazkur taʼlim maskanlarining faoliyati bilan qiziqishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM