YOSHLARGA BO‘LGAN EʼTIBOR - KELAJAK UCHUN POYDEVOR!

Tumanimizda muntazam ravishda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ular qiynayotgan masalalarga yechim topish va jamiyatga naf keltiradigan inson bo‘lib yetishishiga hissa qo‘shish maqsadida, turli hududlar bo‘ylab, "Rahbar va yoshlar uchrashuvlari" tashkil qilinib keladi.

Tuman hokimining bu galgi qabuli esa, tumanimizning eng olis hududlaridan sanalgan Tortuvli mahallasida istiqomat qiluvchi yosh avlod vakillari uchun o‘tkazildi.

Qabul davomida, kasb-hunarga o‘qitish, kontrakt to‘lovlariga yordam hamda ishga joylashish singari bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Qilingan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarga namuna sifatida keksa avlod vakillari ham taklif etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM