XALQ RIZQIGA XIYONAT QILMANG

Elektr, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Tumanimizda bu borada, tegishli tashkilot masʼullari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, ob-havoning keskin sovigani sababli, “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan tumanimizdagi tabiiy gaz taʼminoti mavjud bo‘lgan mahallarda tabiiy gazdan oqilona foydalanish, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Zirabuloq, Yangiobod, Turon, Sarbozor, Islom Shoir va Muqimiy nomli mahallalarda istiqomat qiluvchi isteʼmolchilar tomonidan noqonuniy ravishda qo‘lbola gaz so‘rg‘ichlardan foydalanganlik hamda gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holatlari aniqlangan.

Barcha aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli masʼullar tomonidan qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Hurmatli fuqarolar! Sizlardan bu kabi qonunbuzarlik holatlarini yuzaga keltirmasligingizni so‘rab qolamiz. Axir bu xalqimiz rizqi sanaladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM