FIDOKOR KO‘CHASI OBOD BO‘LADI

Oqtosh shahri markazi, "Oqtosh Dehqonobod" bozorining orqa qismidagi Fidokor va Zirabuloq ko‘chalarida joylashgan, qurilganiga taxminan 35 yildan ortiq vaqt bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va bir qancha binolar bugun ancha eskirib xunuk holatga kelib qolgan.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda, ushbu ko‘chada istiqomat qilayotgan fuqarolar hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida, mazkur inshootlar shaharsozlik mezonlariga mos kelmay qolgani xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, aholi va tegishli masʼullar bilan bamaslahat bo‘lgan holda tumanimizning markazida joylashgan mazkur ko‘chada zamonaviy, ko‘rkam va chiroyli binolar bunyod etishga kelishib olindi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi ishlardan asosiy maqsad tumanimiz yana-da ko‘rk ochishi, ziynatlanishi, taraqqiy etishi va aholi uchun yana-da qulayliklarni ko‘paytirishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM