PROFILAKTIK SUHBAT

Iymon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro O‘.R Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi tanishi S.A ga 57 million so‘m miqdordagi pul mablag‘larini qarz evaziga bergan.

Natijada fuqaro S.A, O‘.R ga qarzning faqat 22 million 400 ming so‘mini qaytargan xolos.

Fuqaro O‘.R firibgarlik qurboni bo‘lganligi sababli, tuman IIB ga qarzning qolgan 34 million 600 ming so‘mini undirib berishlari bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan.

Iymon mahallasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masala muhokama etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari, IIB xodimlari, tegishli masʼullar, mahalla faollari ва nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, qing‘ir ishlarning oqibatlari qanday tugashi, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM