SAN'ATKORLAR UCHUN KO'RIK TANLOV

Samarqand viloyati Nurafshon san'at saroyida “Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor  yoshlarni saralash va rag‘batlantirish bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni kashf etish, ularning ijro mahorati, iste’dodi va qobiliyatini namoyon etishdan iborat.

Mazkur ko'rik-tanlovda 80 nafardan ortiq yoshlar 10 ta yo'nalish bo'yicha o'z iste'dodlarini namoyon etdilar.

Ushbu Tanlovda tumanimiz madaniyat va san'at sohasida faoliyat olib borayotgan iqtidorli yoshlar ham ishtirok etdi.

Natijalarga ko'ra, akademik xonandalik yo'nalishida Azizbek Mamatov va an'anaviy ijro yo'nalishida, Shaxnoza Karimova hamda Zilola Tolipovalar 1-oʻrinni egallab tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM