MAHALLA YETTILIGINING HAMKORLIKDA ISHLASH MEXANIZMI BO‘YICHA SEMINAR

Xabaringiz bor, mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, maʼnaviy va maʼrifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Direktor o‘rinbosari S.Islomov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yoshlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi Q.Odinayev boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizda bo‘lib, mahallalarda o‘rganish olib borishdi.

Respublika ishchi guruhi, tuman hokimi, sektor rahbarlari va mahalla yettiliklari ishtirokida ushbu o‘rganishlar natijalari muhokama etildi.

Muhokama davomida, mahallalar yettiliklarining vazifalariga alohida to‘xtalib, mahalla obodligi, xalq farovonligi yo‘lida birdam bo‘lib, hamkorlikda ish yuritishlari hamda bu boradagi qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor amallar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mahalla yettiligining o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmi bo‘yicha hamda ushbu mexanizmni amalga oshirish bo‘yicha tuman sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro kelishilib, vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM