YOSH AVLOD TARBIYASI UCHUN BARCHAMIZ MASʼULMIZ

Tuman hokimi o‘rinbosari, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda tegishli masʼullar hamrohligida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlar bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Mazkur muhokama suhbatida tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimlariga yoshlar orasida kuzatilayotgan erta turmush qurish va yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, suhbat davomida yosh avlod vakillarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning nafaqat bilim olishi shu bilan birga odob-axloqiga ham eʼtibor qaratish borasida fikr bildirildi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi uchrashuvlardan maqsad qaysi kasb egasi bo‘lishimizdan qatʼiy nazar yurtimiz yoshlarining kelajagi va yetuk inson bo‘lib yetishishida barchamiz birdek masʼul ekanligimizni uqtirishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM