ICHKI SUG‘ORISH TARMOQLARI MAVSUM UCHUN HOZIRLANYAPTI

Tumanimizda qishloq xo‘jaligi sohasida kuz-qish mavsumida amalga oshiriladigan shudgorlash va ariqlarni qazish ishlari hamda suvni ortiqcha isrof qilishni oldini olish maqsadida olib borilayotgan ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari jadal surʼatda davom etmoqda.

Joriy yilda, tumanimiz hududida jami, 256 kilometr ichki ariqlarni betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar, 91 kilometr masofadagi ichki ariqlar to‘liq betonlashtirilib, yana 5 kilometr hudud betonlashtirishga tayyorlangan.

Shuningdek, 994 kilometr kilometr ichki ariqlar qazilishi ko‘zda tutilib, hozirda, 770 kilometr ariqlar qazilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM