ISHCHI GURUH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xabaringiz bor, tumanimiz bo‘ylab ko‘p qavatli uylarning majburiy badal to‘lovlarini undirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh o‘z faoliyatini boshlagan.

Tuman hokimi prokuror hamrohligida Baxt va Islomobod mahallalari hududida bo‘lib, u yerdagi ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan badal to‘lovlarining to‘lanish holatlarini o‘rgandi.

Shuningdek, fuqarolarga mazkur ishlar aholiga qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotganligi hamda mazkur to‘lovlar fuqarolar turmush tarzini yaxshilash yo‘lida sarflanishi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ayni paytda, tumanimiz bo‘ylab tashkil qilingan ishchi guruh 78 ta ko‘p qavatli uylarda majburiy badal to‘lovlarini undirish bo‘yicha faoliyat yuritmoqda.

Albatta, mazkur to‘lovlar to‘lanmas ekan, aholi turmush tarzi va yashash sharoitida noqulayliklar tug‘ilib boraveradi.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham ushbu amalga oshirilayotgan ishlarga eʼtiborsiz bo‘lmagan holda, mazkur to‘lovlarni kechiktirmasdan to‘laysiz degan umiddamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM