SEKTORLAR SHTABI AʼZOLARI BILAN YILLIK ISHLAR KELISHIB OLINDI

Tuman hokimi va sektor rahbarlarining, to‘rtta sektor shtabi aʼzolari o‘tgan yilgi qilingan ishlari natijalari tahlil qilinib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar seminar tarzda kelishib olindi.

Uchrashuv davomida, sektor shtabi aʼzolarining faoliyati tahlil qilindi. Shu qatorda, fuqarolar bilan ishlash va ularni qiynayotgan masalalarni yechishga masʼuliyat ila yondashish hamda aholi murojaatlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, hududlarda mahalla beshligi bilan hamkorlikni tashkil qilgan holda obodonlashtirish bo‘yicha ishlar tashkil qilish, shu bilan birga mahallalar kesimida o‘rganishlar olib borish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha alohida ishlash borasida ham to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida sektorlar shtabining bir qancha aʼzolari faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish hamda o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan qarash borasida aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM