NARPAYLIK PROFESSOR

Turon mahallasida tug‘ilgan Azamat Saidov Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib keladi.

Tumandoshimizning 200 ga yaqin ilmiy maqolalari O‘zbekiston va chet el davlatlaridagi turli gazeta va jurnallarda nashr etilgan.

Bundan tashqari, hozirda uning qalamiga mansub bo‘lgan 1 ta darslik hamda 6 ta o‘quv qo‘llanmalardan yurtimizda keng miqyosda foydalanib kelinadi.

Yaqinda, A.Saidov, ijtimoiy Psixologiya, Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha, professorlik unvonini ham yoqladi.

Azamat Saidovga ilm-fan yo‘lidagi mehnatlari, yutuqlari davomiy bo‘lishini, bu bilimlarni davlatimiz va xalqimiz uchun nafi tegishini tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM