TO‘LOVLAR TO‘LANSA, SHAROIT YANADA YAXSHILANADI

Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘zlarini qulay sharoitda his qilishlari uchun ichimlik suvi tarmoqlari, gaz quvurlari hamda kanalizatsiya tarmoqlarida turli muammolar bo‘lmasligi lozim.

Albatta bu tarmoqlarning barchasi fuqarolarning kommunal va ko‘p qavatli uylarning majburiy badal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi evaziga yaxshilanib, yangilanib boradi.

Agarki, aholi bu to‘lovlarni to‘lamas ekan, turmush tarzi va yashash sharoitida noqulayliklar tug‘ilib boraveradi.

Ayni paytda, tumanimiz bo‘ylab tashkil qilingan ishchi guruh 78 ta ko‘p qavatli uylarda majburiy badal to‘lovlarini undirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Har bir fuqaro, bunga vijdonan qaragan holda, mazkur to‘lovlarni kechiktirmasdan to‘laydi degan umiddamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM