MAHALLANI QO‘LLAB-QUVVTLASH KENGASHINING ILK YIG‘ILISHI

Prezident maktablari Agentligi tizimidagi Narpay ixtisoslashtirilgan maktabida Narpay tuman mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining birinchi tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli masʼullar va tumandagi barcha mahalla raislari ishtirok etgan konferansiyada, Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabrdagi 

“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, mazkur qaror hamda farmonning mazmun-mohiyati, mahalla tizimi xodimlariga berilayotgan yangi vakolatlar, shu bilan birga bildirilayotgan ishonch va yuklanayotgan masʼuliyatlar borasida so‘z yuritildi.

Shu qatorda, yaqinda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari, ko‘chaboshilar va ziyolilar zimmasidagi ustuvor vazifalar tushuntirib o‘tildi.

Shu bilan birga, tumanimizdagi 9 ta mahallaning raislari viloyat miqyosida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etish uchun, tumanimiz delegatsiyasi aʼzolari sifatida saylab olindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM