YOSHLAR - ERTAMIZ EGALARI!

Maʼlumki, 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" deb eʼlon qilindi. Bu esa, o‘z-o‘zidan yurtimizda yoshlarga bo‘lga eʼtibor tobora ortib borayotganligining namunasi bo‘ladi.

Tumanimizda muntazam ravishda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ular qiynayotgan masalalarga yechim topish va hayotda o‘z yo‘lini topishga ko‘maklashish maqsadida, turli hududlar bo‘ylab, "Rahbar va yoshlar uchrashuvlari" tashkil qilinib keladi.

Joriy ilning dastlabki qabuli esa, tumanimizning eng olis hududlaridan sanalgan Qoziyoqli mahallasida istiqomat qiluvchi yosh avlod vakillari uchun o‘tkazildi.

Qabul davomida, kasb-hunarga o‘qitish, subsidiya asosida asbob-uskuna olish, mahallada sport maydonchasi barpo qilish hamda ijtimoiy nafaqa olish singari bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Qilingan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM