YОSHLAR UCHUN HARBIY QISMDA EKSKURSIYA

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 14 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida, "Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda Qurolli Kuchlarning shakllanish va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish, shuningdek, qurol-aslaha va harbiy texnikani namoyish etgan holda, harbiy qism va muassasalarda o‘quvchi (talaba)lar uchun "Ochiq eshiklar kunlari" ni tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan 2024 yilning 10 yanvar kuni tumanimizdagi 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ishtirokida markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismga ekskursiya tashkil qilindi.

O‘quvchilar harbiy qismdagi muzey hamda uning tarkibidagi aslahalar bilan tanishishdi.

Shuningdek harbiy qism o‘quv binosida, yotoqxona, oshxona va sport xonalari qiziquvchan bolalar nazaridan chetda qolmadi.

Ekskursiya davomida, ishtirokchilar harbiy salohiyatimiz bo‘yicha birmuncha maʼlumot va tushunchalarga ega bo‘ldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM