MAVSUMNI BETALOFAT O‘TKAZAYLIK

Tuman tibbiyot birlashmasida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tegishli masʼullar tomonidan gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish, botulizm kasalligi va qarovsiz qolgan hayvonlardan yuqadigan quturish kasalligini aholi o‘rtasida tarqalishidan saqlanish, shu bilan birga, zilzila sodir bo‘lganda harakat qilish tartiblari xususida tushunchalar ham berildi.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholini kuz-qish mavsumida xavfsizlik va ehtiyot choralarini ko‘rishga targ‘ib qilishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM