RAVON YO‘LLAR - YURT KO‘RKI!

Yangi yil boshidanoq ichki yo‘llarni taʼmirlab, ravon holga keltirish ishlari jadal surʼatda boshlab yuborildi.

Turli loyiha va dasturlar orqali bir qator mahallalarning ichki yo‘llari asfaltlanib borilyapti.

Shu kunlarda, Navro‘z mahallasining 510 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Bundan tashqari, Islom Shoir nomli mahallaning 200 metrga yaqin qismi ham asfaltlashtirildi.

“MIRAQAS” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan asfaltlash ishlariga jami, 225 million so‘m pul mablag‘lari sarflandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM