TUMANIMIZDA VATANPARVARLIK RUHIDAGI TADBIRLARI

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga asosan "Vatanparvarlik oyligi" yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Shu munosabati bilan tuman hokimi o‘rinbosari, tuman mudofaa bo‘limi, tegishli tashkilot masʼullari hamda tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari o‘quvchi yoshlari va keng jamoatchilik ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda markaziy harbiy okrugi harbiy qism harbiylari tomonidan faxriy qorovul, qo‘l jangi usullari va orkestr chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, umumtaʼlim o‘quvchilari o‘rtasida, arqon tortish, tosh ko‘tarish, futbol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar ham tashkil qilindi.

musobaqalarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritganlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar "Vatanparvarlik oyligi" doirasida muntazam ravishda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM