TADBIRKORLAR UCHUN NAVBATDAGI QABUL

Tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli masʼullar hamrohligida fuqarolar va tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazishdi.

Birinchi sektor shtabi binosida bo‘lib o‘tgan qabulda tumanimizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi. Qabul davomida aholi tomonidan kredit olish, kadastr, tadbirkorlik uchun yer, kabi 15 ga yaqin masalalar o‘rtaga tashlandi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni tegishli tartibda hal etish yuzasidan tashkilotlar masʼullariga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va yirik xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbarlari bilan ham sohadagi dolzarb masalalar muhokama etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM