NARPAYNING BOSH ARCHASI BAYRAM UCHUN PORLAMOQDA

Qishning ayozli kunlarida, qaynoq mehr ila xalqimiz xonadonlarida oila aʼzolar, yaqinlar davrasida to‘kin dasturxon atrofida, bir biriga ezgu tilaklar bildirib, sovg‘alar ulashgan holda nishonlanadigan ayyom bu yangi yil bayramidir.

Albatta, mazkur shodiyona shukuhi va kayfiyatini yasatilgan archalar va rang-barang chiroqlar yog‘dusisiz tasavvur etish mushkul.

Yangi yil bayrami uchun tumanimiz markazidagi "Yoshlar istirohat bog‘i" yonidagi maydonda, 23 metrlik tumanimizning bosh archasi ko‘rk ochib turibdi.

Yorqin ranglar va bayramona bezaklar joy olgan archaning yon atrofi,  hattoki butun istirohat bog‘i rang-barang chiroqlar hamda o‘zgacha bezaklar bilan butkul yasatildi.

Shuningdek, tumanimizning boshqa hududlarida ham, bu shukuhli tantanaga katta hozirlik ko‘rildi. Ko‘chalar, guzarlar, korxona, tashkilotlar va aholi xonadonlari munosib tarzda bayramona bezatildi.

Mahalla faollari, har bir tashkilot vakillari bir so‘z bilan aytganda tumanimizning har bir jonkuyar fuqarosi yangi yil oldidan o‘ziga tegishli binolar va hududlarni o‘z didiga monand qilib yasatmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM