RAHBARLAR TUMAN BO‘YLAB SAYYOR QABULLAR O‘TKAZDILAR

Bugun rahbarlar va masʼullar tomonidan tumanimizning 4 ta hududida fuqarolar muammolarini o‘rganish, masalalarini yechishda ularga ko‘maklashish maqsadida qabullar tashkil qilindi.

Sektorlar kesimida bo‘lib o‘tgan qabullarda dastlab, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, xalq qabulxonasi mudiri, va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida Yangiariq mahallasi fuqarolari muammolari o‘rganilgan bo‘lsa, tuman prokurori Sohibkor mahallasi aholisini qiynayotgan masalalarni tinglash maqsadida, qabul tashkil qildi.

Shu kabi, tuman IIB boshlig‘i Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi aholini qiynayotgan muammolarni o‘rgangani barobarida, tuman soliq inspeksiyasi rahbari Alisher Navoiy mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Mazkur tashkil qilingan qabullar davomida, tumanimiz ahli tomonidan turli mavzudagi masalalar ilgari surildi.

Jumladan, ichimlik suvi, gaz, ichki yo‘llar taʼmiri, elektr energiyasi, bandlik kabi masalalar qilingan murojaatlarning asosiy qismini tashkil etdi. 

Kelib tushgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, qabullar davomida, fuqarolarga jamoatchilik ishlarida faol bo‘lishlari, kuz-qish mavsumi va yangi yil bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘z hududlaridagi ariqlarni qazish va betonlashtirish ishlarida barchaga o‘rnak bo‘lishlari hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli, oqilona foydalanishlari xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM