MILLIY URF ODATLARGA ASOSLANGAN TADBIR

Tumanimizning Salovat mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun mahallalardagi xotin-qizlar faollari, "Oqila ayollar harakati" aʼzolari, tuman hokimligi madaniyat bo‘limi hamkorligida ushbu mahallada madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, milliy taomlar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar, milliy madaniy merosimizni asrab avaylashda, qadriyatlarimizni, urf-odat va anʼanalarimizni saqlab qolishda muhim o‘rin tutadi albatta.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM