YUZDA YURMA, YUZGA KIR!

Joriy yilning 8 noyabr kuni “Qoziyoqli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro O.O o‘z boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan “Yangiariq” mahallasi hududidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lining qatnov qismining o‘ng tomonda bo‘lgan, “Yangiariq” mahallasida yashovchi T.Shni urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugun tumanning birinchi sektor hududida joylashgan Yangiariq hamda yon-atrofdagi mahallalar fuqarolari o‘rtasida holat yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida tuman IIB boshlig‘i hamda tuman hokimligi masʼullari va birinchi sektor aʼzolari ushbu jinoyat ishi yuzasidan muhokama o‘tkazib, bu kabi holatlarning oldini olish borasida so‘z yuritishdi.

Mahalla faollari ham o‘z navbatida hodisaning kelib chiqish sabablari va oqibatlari yuzasidan fikrlar bildirishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM