SANʼATGA OSHIFTA QALBLAR KO‘RGAZMASI

Tumanimizdagi 27-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Sanʼatga oshifta qalblar" nomli ko‘rgazma dasturi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarni sanʼatga qiziqtirish hamda hunar o‘rganishga jalb qilish maqsadida tashkil qilingan ko‘rgazmali tadbirda umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ko‘rgazma muallifi Go‘zalxon Muhammedova mazkur bolalar musiqa va sanʼat maktabida 26 yildan buyon zardo‘zlik va kashtachilik sanʼatlaridan dars beradi.

Shuningdek u, 11 yildan  buyon Hunarmandlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi. Shu bilan birga kashtachilik va quroqchilik bo‘yicha faoliyat olib boradi. Ayni paytda, ushbu faoliyati doirasida 5 nafar xotin-qizlarni bandligini taʼminlagan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM