TO‘QSONBOSTI EKINLAR —MO‘MAY DAROMAD MANBAI BO‘LSA, QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJI UNING ASOSIY NEGIZIDIR

Birinchi sektor shtabida viloyat hokimining o‘rinbosari tuman hokimi, sektor rahbarlari hamrohligida mahalla raislari va hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida aholi xonadonlarida ko‘chat ekish, obodonlashtirish va hududlarda ishsiz aholi qatlamini bandligini taʼminlash maqsadida yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, tumanimiz hududidagi fermer xo‘jaliklari va MMTP raislari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada dala maydonlarini tartibga keltirish, ariqlarni qazish, g‘alla maydonlarini sug‘orish ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu kabi, bog‘ oralariga to‘qsonbosti ekinlarini ekmagan fermer xo‘jaliklariga qonun doirasida choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlashda to‘qsonbosti ekinlarining hissasi yuqoriligi yuzasidan to‘xtaldilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM