“OCHIQ BYUDJET” G‘OLIBLARIGA OFARIN!

Shu yilning 27 avgustidan 16 sentabrning ertalabki soat 10:00 ga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayonlarida tuman bo‘yicha fuqarolar tomonidan 203 ta loyiha ilgari surilib, 162 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.

Jamg‘armada shakllangan 8 511 700,0 ming so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 6 ta loyiha (42752 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topilmoqda.

Turon  (8 280 ta ovoz), Ipak yo‘li  (7 909 ta ovoz), Qozikent (7 524 ta ovoz), Do‘stlik (6 852 ta ovoz), Turon  (6 484 ta ovoz), Qozikent (5 703 ta ovoz) mahallalari yetarlicha ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.

Demak, 2-mavsum tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumanda 4 dona yangi transformator o‘rnatish hamda  mavjud ustunlarni almashtirish,  tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, 10,6 kilometrlik ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM