YANGI O‘QUV YILI UCHUN O‘QUV QUROLLARI TOPSHIRILDI

Yurtimizda yangi o‘quv yili ham yaqinlashib qoldi. Shu bois, barcha bolajonlar taʼlim olishda zarur bo‘ladigan o‘quv qurollarini shay qilib, maktabga hozirlik ko‘rishmoqda.

Bugun Narpay tuman tibbiyot birlashmasi Kasaba uyushmasi hisobidan 18 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari evaziga qariyb, 70 nafarga yaqin tibbiyot xodimlarining farzandlari uchun o‘quv qurollari va maktab sumkalari taqdim etildi.

Bu kabi rag‘batlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, yoshlarni ilm olishga bo‘lgan ishtiyog‘ini orttirishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM