Narpay tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Bahodir Rahmatov 2023-yil yakuniga qadar sektorni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha mahalla faollariga murojaati

Assalomu alaykum, Hurmatli 3-sektor hududidagi mahalla faollari, deputatlar vа bizni ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib turgan aziz  Narpayliklar!

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Farg‘ona, Toshkent, Buxoro va Samarqand viloyatlariga tashriflarida va tadbirkorlar kunida bergan topshiriq va ko‘rsatmalarida, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz aholini bandligini taʼminlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga tashqi migratsiyani kamaytirish, aynan mahallada jinoyatlarni jilovlash, aholining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha topshiriqlar berib kelmoqda.

Bugun men Narpay tuman 3-sektor rahbari Rahmatov Bahodir Esirgapovich berilgan topshiriqlar ijrosini to‘laqonli bajarish maqsadida, sektor hududida qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida hamda tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarni belgilab oldim.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Men rahbarlik qilayotgan tumanning 3-sektorida jami 10 ta mahallar, ular hududida mavjud bo‘lgan 6 804 ta xonadondagi 8 583 ta oilada 41 576 nafar aholi istiqomat qiladi.

Ushbu mahallalarda mahalla beshligi bilan Xonadonbay o‘rganish davomida hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda 2 230 nafar yoki umumiy sektor aholisining 5,3 foiz fuqarolar turli maqsadlar bilan xorijiy mamlakatlarga chiqib ketganligi aniqlandi.

Maʼlumot uchun,

 1201 nafar erkaklar 343 nafar ayollarni tashkil qiladi. Umumiy sektor aholisining 5,3 %  tashkil qiladi. Tahlillarga ko‘ra chet mamlakatlarga chiqib ketganlarning 1422 nafari yoki   63,7 % ishlash maqsadida, 13 nafari 0,4 % o‘qish maqsadida va qolgan 51 nafar  boshqa maqsadlarda chiqib ketgan.

Shu sababli birinchi asosiy vazifamiz, yangi ish o‘rinlari yaratish hisobiga tashqi migratsiyani kamaytirishdir.

Maʼlumot uchun;               

Joriy yil davomida xorijiy mamlakatlarga chiqib ketgan               fuqarolarimizdan 662 nafar yashash manzillariga qaytgan bo‘lib shundan, 647 nafari bilan monitoring ishlari olib borilgan hamda 576 nafari yoki 87 % bandligini taʼminlanishiga erishilgan. 

 Yil yakuniga qadar 250 nafar migrantlar qaytishi kutilmoqda, shundan 180 nafari mehnat bozoriga kirib keluvchilar ishsizlarni bandligini taʼminlash hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish vazifasi turibdi.

Shuning uchun imkoniyatlardan kelib chiqib, sektor hududida 44 ta loyihalar bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar 447 ta ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilib olganmiz.

Shuningdek, asosiy eʼtiborni, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolar bilan “Mahallabay” va “fuqorabay” ishlashda Syektor faoliyatini yangicha usulda tashkil qilishga qaratmoqdaman

Bugungi kunda sektoridagi “Temir daftar”ga ro‘yxatga olingan 151 ta ehtiyojmand oilalarining ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida, ishsiz oila aʼzolarini bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish, subsidiyalar hisobiga issiqxonalar qurib berish, o‘zini-o‘zi band qilish, faoliyati to‘xtab qolgan korxonalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish natijasida asosiy ish joylariga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 83 ta oilalar ro‘yxatdan chiqarildi.

Hozirda “Temir daftar”da ro‘yxatda qolgan 68 ta ehtiyojmand oilalar bilan ishlar olib borilmoqda.

        “Yoshlar daftari” bo‘yicha, ro‘yxatga olingan 405 nafar yoshlardan daftarda ro‘yxatda qolgan 110 nafarini ham qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, tadbirkorlikka yo‘naltirish, kasbga o‘qitish,        tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Har bir oila - tadbirkor” va boshqa dasturlar doirasida imtiyozli kreditlar ajratish, subsidiyalar berish, “Yoshlar 1 + 1” hamda “har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor” tamoyillari asosida yoshlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish orqali ro‘yxatdan chiqarilishining barcha choralari ko‘riladi.

“Ayollar daftari” bo‘yicha, amalga oshiriladigan ishlar: “Ayollar daftari”ga 998 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo‘lib, shundan bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, biroq daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand 367 nafar                       xotin-qizlardan 367 nafarining bandligi taʼminlandi.

 

        -Sektor hududida sanoat sohasida mahsulot turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish borasida:

Joriy yilda  hududida 53 ta sanoat korxonalari tomonidan 83,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va o‘tgan yilga nisbatan 109,6 foiz (2022 yilda 7,4 mlrd so‘m) o‘sishni tashkil etishi belgilangan.

Shundan:

O‘tgan olti oylik yakunlari bo‘yicha sektorda faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan 38,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Qo‘shimcha 4 ta korxonalar mavjud quvvatlarini yana-da oshirish va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga 30,7 mlrd. so‘m mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi.

Shu bilan birga, Tekstil vA to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari tarmoqlari “drayver” bo‘lib xizmat qiladi.

Yil yakunigacha sanoat yo‘nalishida 2 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha 25,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

Barcha ishga tushgan loyihalar doirasida esa 30,7 mlrd so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi.

-Xizmat ko‘rsatish, servis, kichik biznes vA xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha:

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvaridagi   PQ-39-son qaroriga asosan, sektorda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun joriy yilning o‘tgan davrida, aholini tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va shu orqali bandligini taʼminlash maqsadida yanvar-iyul oylari davomida sektordagi 383 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 6,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.

Tumanda joriy yilda “Investitsiya dasturi” doirasida umumiy qiymati 767 mlrd 200 mln. so‘mlik 194 ta loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

        Shu jumladan, 3-sektor  hududida joriy yilda umumiy qiymati 154 mlrd 940 mln.so‘mlik  30 ta istiqbolli investitsiya loyihalari ishga tushirilib, buning natijasida 316 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilib,

        shu kuniga qadar sektor  hududida umumiy qiymati 37 mlrd 125 mln.so‘mlik 20 ta istiqbolli investitsiya loyihalari ishga tushirilib, buning natijasida 229 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 

        -Energiya samaradorligini oshirishda qayta tiklanuvchi hamda muqobil energiya resurslaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi:

Jumladan;

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida sektor mahalla hududlariga 103 dona tayanch ustunlar, 4,7 km. elektr uzatish tarmoqlari tortildi, shuningdek; “Xo‘jaqo‘rg‘on”, “Islomobod” va “Toshko‘prik” mahallariga 4 dona yangi transformator o‘rnatildi, 18 ta transformator joriy taʼmirlandi;

 

-Ichki yo‘llarni taʼmirlash;

Joriy yilda sektor xududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabridagi 408-son qaroriga muvofiq taʼmirtalab 3 km yo‘l, umumiy joriy yil davomida reja bo‘yicha 8,9 km yo‘llardan, 8,2 km masofa asfaltobeton qoplamali yo‘llarga o‘tqazilib    taʼmirlandi hamda hashar yo‘li bilan 17 km tuproq yo‘llarga tosh to‘kildi, qolgan 8 km tuproq yo‘llarga yil yakuniga qadar tosh to‘kish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

 

-Ichimlik suvi bilan taʼminlash bo‘yicha;

 

Prezidentimizning 408-sonli qaror asosida, sektor mahalla hududlariga 15.5 km masofaga ichimlik suvi tarmoqlari tortildi;

Jumladan, Xo‘jaqo‘rg‘on -6.5 km, Yangiobod - 6 km vA Tinchlik - 3 km  hamda hashar yo‘li bilan esa  2,8 km masofaga yangi tarmoqlar tortildi.

Shuningdek, joriy va kelgusi yil yakuniga qadar Guliston mahallasining 5 ta qishlog‘iga 37 km masofaga suv tortish bosqichma-bosqich amalga oshirish reja qilingan.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan asosiy eʼtibor qaratilgan yana bir masala, kriminogen vaziyatning chuqur tahlillariga asoslangan holda, jinoyatni jilovlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan aniq choralarni aks ettiruvchi maʼlumotlar asosida aholi oldiga murojaat bilan chiqish borasida topshiriq berilgan edi.

Barcha sohalar kabi ichki ishlar organlarida ham izchil islohotlar amalga oshirilib, har bir fuqaroning haq-huquqlarini ishonchli himoya qilishichki ishlar organlarining asosiy vazifasiga aylantirildi.

Tumanimizda “Xavfsiz xonadon” vA “Xavfsiz hovli” tizimi asosida, jinoyatlarning oqibatlari bilangina kurashish emas, balki ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barvaqt oldini olish borasida choralar ko‘rib kelinmoqda.

Aziz Narpayliklar!

Tumanimiz hududida joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida jami 197 ta (2022 y.da 152 ta) jinoyatlar qayd etildi.

Yangi tizim asosida ishlashga o‘tganimiz natijasida, deyarli har uchinchi (66 ta) jinoyat xodimlarning tashabbusi bilan aniqlanmoqda.

Jinoyatchilikni “Mahallabay” jilovlash asosida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida, mahallarimizda, yaʼni 56,1 foiz (57 tadan 32 ta) mahallalarda bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Jinoyat turlaridan qotillik (2/0), qasddan badanga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish (5/4), avtoransport vositasini olib qochish (2/0), jinoyatlari kamaydi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida sodir etilgan jinoyatlarning 97,9 foizi yoki 193 tasi (147 ta) fosh etildi.

– 8 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlanib jazo muqarrarligi taʼminlandi.

– Jinoyatchilardan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar 20 ta holat (13 ta holat) aniqlandi.

– 864 ta oilaviy nizolar bartaraf etilib, 77 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berildi.

– 152 ta jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 3 mlyard 398 mln miqdoridagi zarar undirildi.

Bundan tashqari, turli jinoyatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etgan 3573 nafar fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi va jinoyatlarning oldi olindi.

– 93 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, 1 nafar giyohvandlar va 11 nafar ruhiy kasallar davolanish muassasalariga joylashtirildi.

Aziz Narpayliklar !

Biz tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda tumandagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va omillarini aniqlash, ayniqsa yoshlar, Voyaga yetmaganlar vA xotin qizlar tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilish holatlarini ilmiy yondashuv asosida o‘rganishni boshlab yubordik.

Xususan, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi” imzolanib, tuman IIBda hamkor tezkor shtab tashkil etildi.

Bundan tashqari, 3 kun oldin tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari bilan mahallada jinoyatchilikni jilovlash samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida jinoyat qilishga moyilligi bor og‘ir ahvoldagi aholi bilan ishlash bo‘yicha “mahalla beshligi”ga aniq vazifalar belgilab berildi.

Tumanimizdagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 8 ta mahallalarga viloyat va tuman Ichki ishlar organlari rahbar xodimlari bilan bir qatorda Prokuratura, Milliy gvardiya xodimlari, viloyat va hududiy hokimliklar vakillari nomma-nom biriktirilib, ularga jinoyatchilikni jilovlash va mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Joriy yilning 30 mart kuni “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida qo‘shma qaror asosida profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalardagi 40 ming 307 ta xonadonlar o‘rganilib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoxud huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 1152  nafar shaxslarga xulosalar berildi.

Qo‘shma-qarori talablari asosida mahalla faollariga berilgan xulosalar natijasida 386 ta muammolar bartaraf etildi.

Yuqoridagi xulosalarga asosan jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori bo‘lgan 13 toifadagi shaxslar alohida nazoratga olinib, ularning muammolari “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida bartaraf etiladi.

Jumladan, 106 nafar bandligi taʼminlanmagan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli shaxslarning bandligi taʼminlanadi;

78 nafar alkogol mahsulotlari va psixoaktiv moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar sog‘lom turmush tarziga qaytariladi;

89 nafar uzoq vaqtdan beri kelishmovchiligi mavjud shaxslarning muammolari bartaraf etiladi;

77 nafar turmushidan ajrashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan shaxslarga, huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatiladi;

98 nafar nizoli oila aʼzolarning notinchligiga barham beriladi;

62 nafar salbiy xulq-atvorga ega bo‘lgan xotin-qizlarning  bandligi taʼminlanib, to‘g‘ri yo‘lga qaytariladi;

33 nafar boquvchisi va qarovchisi bo‘lmagan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollarga alohida shaxslar biriktiriladi.

34 nafar farzand tarbiyasiga  salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi oilalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, tuzalish yo‘liga qaytariladi.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida svetoforlar, yo‘l belgilari, sunʼiy yo‘l to‘siqlari o‘rnatish, jiddiy xavf tug‘dirayotgan yo‘l qismlarini taʼmirlash yuzasidan takliflar tayyorlanib, amalga oshirilishi taʼminlandi.

Barcha yo‘l patrul xizmati inspektorlarining bevosita mahallalardagi javobgarlik hududlari belgilab berildi.

Hurmatli Narpayliklar,

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha harakatlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz bo‘lishiga qaratilgan.

Shunday ekan, sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalar ishlab chiqib, yil yakuniga qadar tumanimiz hududida,

-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,

-jinoyatchilikka qarshi kurashish,

-mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasidagi choralarni yana-da jadallashtiramiz.

Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.

        Eʼtiborlaringiz uchun rahmat.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM