MAʼNAVIY FESTIVAL DOIRASIDAGI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan respublikamizda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida maʼnaviy festival o‘tkazilmoqda.

Shu qatorda tumanimizda ham ushbu festival doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov, Ijtimoiy maʼnaviy tadqiqotlar instituti prorektori Mo‘nira Qahhorova va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi “Sharq yulduzi” gazetasi bosh muharriri Sirojiddin Rauplar turli chiqishlari bilan tumanimiz ahlini xushnud etishdi.

Tumanimizdagi 2-son kasb-hunar maktabi binosida bo‘lib o‘tgan tadbir, barchaga birdek xushkayfiyat ulashdi.

Shuningdek, inson qadrining mustaqillikdan oldingi va keyingi tafovuti haqida so‘z yuritildi. Ozod hamda tinch mamlakatda yashayotganimiz uchun qancha shukrona qilsak ham kam ekanligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM