XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV SOATI

Yurtboshimizning tegishli qaroriga muvofiq tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali bilan hamkorlikda tumandagi 57 ta mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv soati tashkil etishdi.

O‘quv kursini Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi va bir nechta professor-o‘qituvchilari olib bordi.

Ishtirokchilar dars davomida, Raqamli texnologiyalar, iqtisodiyot, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kabi yana bir nechta fanlar borasidagi bilimlarini kengaytirishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM