YANA BIR MARKAZIY KO‘CHA OBOD BO‘LDI

Tumanimizning Islom Shoir mahallasi hududidagi markaziy ko‘chalardan birida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Tegishli qarorga asosan Oqtosh ko‘chasida 500 metr masofadagi piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi. Shuningdek, 20 ga yaqin zamonaviy tungi yoritgichlar o‘rnatildi.

Yaqinda esa, bu yo‘lning 500 metr masofasiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Endilikda, ushbu ko‘cha Oqtosh shahrining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Ayniqsa, tungi paytda yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan chiroqlar yog‘dusi dilni quvnatadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM