MADANIYAT VA SANʼAT XODIMLARI BILAN UCHRASHUV

Tuman hokimi tumandagi madaniyat bo‘limi va markazlari, musiqa maktablari, mustaqil faoliyat yuritayotgan madaniyat va sanʼat xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab, tuman madaniyat tarixida ijod qilib tumanimiz nomini butun dunyoga tanitgan ustoz sanʼatkorlar yodga olindi. Shu qatorda, ayni paytda, o‘z ijodi bilan xalqimiz ko‘nglidan joy olib kelayotgan asl Narpaylik madaniyat xodimlari ham eslandi.

Umuman, tumanimizdagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarida jami 24 xil yo‘nalishda taʼlim beriladi. Bundan tashqari, 7 turdagi to‘garaklar mavjud.

Yil davomida madaniyat bo‘limi, musiqa maktablari va madaniyat markazlariga davlat byudjetidan barcha harajatlari uchun 8 milliarddan ortiq, shuningdek, so‘ngi yillarda, tuman madaniyat bo‘limining tadbirlar o‘tkazish hamda festivallar tashkil etishida qulaylik yaratish uchun, mahalliy byudjet mablag‘laridan 300 million so‘mga yaqin musiqa asboblari, zamonaviy jihozlar, shuningdek, Madaniyat Vazirligi tomonidan yangi avtomashina ham olib kelindi.

Uchrashuvda to‘garaklar yo‘nalishlarini va undagi qamrov sonini oshirish, ulardagi o‘quvchilar va ustozlarni tuman, viloyat, respublika ko‘rik tanlovlariga olib chiqish hamda bunda mavjud muammolar masalasi xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, hozirda sanʼat sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikrlar bildirilib, ushbu berilayotgan imkoniyatlardan soha vakillari unumli foydalanishi lozimligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM