ENG NAʼMUNALI TEZ TIBBIY YORDAM STANSIYASI TANLOVI O‘TKAZILMOQDA

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialining tashabbusi bilan “Eng naʼmunali tez tibbiy yordam stansiyasi”  nominatsiyasi ko‘rik tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bir necha kun avval ushbu tanlovning birinchi bosqichi tumanimiz kesimida o‘tkazildi. Unda eng yaxshi natijani tuman tez tibbiy yordam stansiyasining 3-posti tez tibbiy yordam brigadasi g‘olib bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi.

Kuni kecha esa tanlovning tumanlararo ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijalariga ko‘ra tumanimizning tibbiyot xodimlari 99 ball, Samarqand shahar jamoasi 93 ball, Bulung‘ur tumani vakillari 88 ball va Pastdarg‘om tumanining tibbiyot vakillari esa, 65 ball to‘plab ko‘rik tanlovning final bosqichiga yo‘l olishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM