SEKTOR SHTABIDA BAJARILGAN ISHLAR TAHLILI

Tuman hokimi birinchi sektor aʼzolari bilan uchrashib, ular tomonidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida tartib intizom, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, sohaviy hisobotlarini taqdim qilish masalalari xususida so‘z yuritildi. Ish faoliyati davomida loqaydlikka yo‘l qo‘yayotgan sektor a'zolarining mas'uliyatini oshirish, kamchiliklarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shu kabi har bir murojaatni eʼtibordan chetda qoldirmaslik hamda boshqa bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan sektor aʼzolariga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM