JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT

Tumanda mavjud umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlari ishtirokida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i, DIQ Narpay tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi hamda tuman IIB masʼul xodimlari ishtirok etgan tadbirda, yoshlarni diniy aqidaparastlar taʼsiridan saqlash mavzusi o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, yosh avlodni maʼnaviyatli, milliy qadriyatlarga sodiq, dunyo qarashi keng bo‘lib yetishishi, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi maʼnaviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson qilib tarbiyalash lozimligi xususida so‘z yuritildi.

Shu qatorda, har bir bolaning kelajagi uchun ota-ona, o‘qituvchi va murabbiylar birdek masʼul ekanligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM