IJTIMOIY SOHA TASHKILOTLARI HOLATI O‘RGANILDI

Tuman hokimi bugun tegishli o‘rinbosar va masʼul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi 3 ta umumtaʼlim maktablari, 4 ta maktabgacha taʼlim muassasalari hamda 2 ta oilaviy shifokorlik punktlarida bo‘lib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, taʼlim sifati, ko‘rsatiladigan xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar  bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur tashkilotlardagi obodonlashtirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish holatlari, shu qatorda aholi hamda xodimlar uchun yaratilgan shart sharoitlarni ham o‘rgandi.

Ushbu tashkilotlarga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklar hamda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shu qatorda, masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbar xodimlarga nisbatan intitzomiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘tarildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM