PROFILAKTIK SUHBAT

Tumanimizning Islom Shoir mahallasida yashovchi fuqaroning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik binolari ko‘zdan kechirilganida 19 dona gugurt qutilarga solingan yashil rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi  giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Xuddi shunday, Narpay mahallasida istiqomat qiluvchi shaxsning ham yashash xonadonidan ham giyohvandlik moddasi hamda uning urug‘lari topiladi.

Shuningdek, firibgarlik qilmoqchi bo‘lgan kishining kirdikorlari fosh bo‘lib qonun himoyachilarining qo‘liga tushgan.

Islom Shoir, Narpay va Salovat  mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masalalar muhokama etildi.

Sektor rahbari hamda tegishli tashkilot masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda giyohvandlikning oqibatlari, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM